1 / 15

I. Mavzu: Zidlov bo`g`lovchilari yordamida bog`langan qo`shma gaplar.

27-umumta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi ABSAMATOVA DILOROMNING ona tili fanidan « Zidlov bo`g`lovchilari yordamida bog`langan qo`shma gaplar » mavzusida o`tkazilgan OCHIQ DARS ISHLANMASI. I. Mavzu: Zidlov bo`g`lovchilari yordamida bog`langan qo`shma gaplar.

liz
Télécharger la présentation

I. Mavzu: Zidlov bo`g`lovchilari yordamida bog`langan qo`shma gaplar.

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. 27-umumta`lim maktabiningona tili va adabiyot fani o`qituvchisiABSAMATOVA DILOROMNING ona tili fanidan«Zidlov bo`g`lovchilari yordamida bog`langan qo`shma gaplar»mavzusida o`tkazilgan OCHIQ DARS ISHLANMASI

  2. I. Mavzu: Zidlov bo`g`lovchilari yordamida bog`langan qo`shma gaplar. • II. Maqsad: • a) ta`limiy: o`quvchilarga zidlov bog`lovchilari yordamida bog`langan qo`shma gaplar yuzasidan nazariy bilim berish; • b) tarbiyaviy: o`quvchilarga do`stlikning kuch-qudrati va ahamiyatini uqtirish; • d) o`quvchilarni mustaqil ishlashga, ijodiy fikrlashga o`rgatish;

  3. III. O`quv jarayonini tashkil etish. • a) Uslub: aralash • b) Uslub: mustaqil ta`lim, aqliy hujum, suhbat, o`yin, guruhlarda ishlash • d) Tipi: yangi bilimlar hosil qiluvchi. • e) Baholash: 5 imkoniyat asosida 5 balli tizimda.

  4. Dasrning imkoniyatlari. • 1. Dasrga tayyorgarligi. 1 ball • 2. Uy ishi. 1 ball • 3. Mustaqil ishlashi. 1 ball • 4. Nutq ravonligi. 1 ball • 5. Savol-javob 1 ball

  5. IV. Dars taqsimoti: • 1. Tashkiliy qism 3 daqiqa • 2. Uy ishini so`rash 10 daqiqa • 3. Hikmatlar sabog`i (yangi mavzu asosida) 8 daqiqa • 4. Mashqlar ustida ishlash 10 daqiqa • 5. O`yla-juftlikda ishla-fikr almash 7 daqiqa • 6. Mustahkamlash daqiqasi 4 daqiqa • 7. Uyga topshiriq 3 daqiqa

  6. V. Darsning borishi: • I. guruh “Donolar” • II. guruh “Topqirlar” • III. guruh “Zukkolar”

  7. “Hikmatlar sabog`i”1-topshiriq • Ko`chiring. • Gaplar tarkibidagi zidlov bog`lovchilarini ayting. • 1. Dilimizda orzu balandroq edi, • Lekin ko`klam noqulay keldi. • Gul to`g`risida yozganini ko`rganim yo`q, lekin paxta haqida ko`p yozadi. Yo`lning ikki chetidagi g`alla tovlanardi, ammo ular o`tgan yillardagi kabi baland emas edi. Kechasi yana qor yoqqan, biroq havo unchalik sovuq emas edi. • Savol: • 1. Zidlov bog`lovchilari deb qanday bog`lovchilarga aytiladi? • 2. Zidlov bog`lovchilariga qaysi bog`lovchilar kiradi?

  8. Yangi mavzu bayoni. • Bilim oling. Zidlov bog`lovchilari bog`langan qo`shma gap qismlarini bog`lash bilan birga, ular o`rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham ifodalaydi. • Zidlov bog`lovchilari qo`shma gapning ikkinchi qismi boshida qo`llanadi, qo`shma gap qismlari vergul bilan ajratiladi. • Eslab qoling: –u (-yu), -da yuklamalari bog`langan qo`shma gap qismlarini bog`lash bilan birga, ular o`rtasida zidlash, ketma-ketlik munosabati mavjudligini bildiradi. • Masalan: Havo ochildi-yu, harorat sezilmadi. • Ba`zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog`lovchisi va –u (-yu) yuklamasi birga ishlatiladi. • Oy yoritadi-yu, lekin isitmaydi.

  9. 62-mashq I-guruh uchun • 1. Ashula nihoyasiga yetdi, lekin bir zumdan keyin yana yangi tovush parvoz qildi. • 2. Bu daraxtlarning bo`yi baland, lekin mevasi kam. • 3. Hammasini tinglardim ammo O`xshashini topmadim aslo. • 4. Oy yoritadi, lekin isitmaydi • 5. Maqtamasman moziyni biroq, o`tmishingni o`ylayman bir zum.

  10. II-guruh uchun: 63-mashq (yozuv taxtasida bajariladi) • III-guruh uchun: • Zidlov bog`lovchilari yordamida bog`langan qo`shma gap tuzish.

  11. O`yla-juftlikda ishla- fikr almash.Guruhlarga topshiriqlar • I. “Donolar” guruhi uchun: • Teng bog`lovchilarni toping. • Ammo, hatto, biroq, va, chunki, lekin, garchi, ham, agar, shuning uchun, goh…goh, ba`zan…ba`zan, singari, balki, hamda, go`yo, na…na, xuddi. • II. “Topqirlar” guruhi uchun. • Bog`langan qo`shma gaplarni aniqlang. • 1. Eshik sekin ochildi-yu, Qalandorovning yuzi ko`rindi. • 2. Kimki yomonlar suhbatidan qochsa, u yaxshilar suhbatiga erishadi. • 3. Agar suv bo`lsa, cho`l-u sahrolar bo`stonga aylanadi. • 4. Mevalar terilgan, ammo bir necha yosh anor butasida qazil anorlar barq urar edi. • III. “Zukkolar” guruhi uchun. • Zidlov bog`lovchilari yordamida bog`langan qo`shma gaplarni ko`chiring. • 1. Shirin til odamni baxtiyor qiladi, biroq achchiq til odamni darbadar etadi. • 2. Sog`liq shunday boylikki, qadrini undan ajralgan kishilargina biladi. • 3. Seni quyoshga o`xshataman, lekin, onajon, sen quyoshdan ham saxiysan. • 4. Qalovini topsang, qor yonar.

  12. I. “Donolar” uchun • 1. Qo`shma gap nima? • 2. Qo`shma gapning tasnifini ayting. • 3. Qo`shma gap qismlari deganda nimani tushunasiz?4. Bog`langan qo`shma gap haqida gapiring?5. Gap uchun muhum belgi nima?6. Va qanday bog`lovchi?II. “Topqirlar” uchun • 1. Bog`langan qo`shma gaplardagi sodda gaplar orasida qanday tinish belgisi ishlatiladi? • 2. –u (-yu), -da nima?3. Biriktiruv bog`lovchilari yordamida bo`g`langan qo`shma gap haqida gapiring • 4. Qo`shma gap qaysi bo`limda o`rganiladi? • 5. Yomg`ir tindi va biz yo`lga otlandik. Tuzilishiga ko`ra qangay gap? • 6. Goh…goh qanday bog`lovchi? • III. “Zukkolar ” uchun • 1. Zidlov bog`lovchilarini ayting?2. Zidlov bog`lovchilarining qo`shma gap tarkibidagi o`rnini ayting? • 3. Qo`shma gap nechta sodda gapdan iborat bo`ladi? • 4. , ___ qolip asosida qanday qo`shma gaplar hosil qilinadi? • 5. Biriktiruv bog`lovchilari o`rnida qanday yuklamalarni qo`llash mumkin? • 6. So`zning turi ko`p, lekin yolg`ondan xunukroq turi yo`q. Qanday gap?

  13. Savollarning javobini tekshiring I-guruh • 1. Ikki yoki undan ortiq sodda gapning o`zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan, ohang tugalligiga ega bo`lgan butunlik qo`shma gap sanaladi. • 2. a) bog`langan qo`shma gap b) ergashgan qo`shma gap • d) bog`lovchisiz qo`shma gap • 3. Qo`shma gapni tashkil etgan sodda gaplar • 4. Qismlari teng bog`lovchilar bo`lsa, esa so`zlari va -u, (-yu), -da yuklamalari yordamida bog`langan gap bog`langan qo`shma gap deyiladi. • 5. Gap uchun asosiy belgi kesimlikdir. • 6. Va. Biriktiruv bog`lovchisi. • II-guruh • 1. Vergul • 2. Yuklama. • 3. Biriktiruv bog`lovchisi qo`shma gapning payt, sabab-natija munosabatida bo`lgan qismlarini bog`laydi. Bunday gap biriktiruv bog`lovchili qo`shma gap deyiladi. • 4. Sintaksisda • 5. Tuzilishiga ko`ra qo`shma gap. • 6. Ayiruv bog`lovchilari. • III-guruh • 1. Ammo, lekin, biroq • 2. Ikkinchi sodda gapning boshida keladi. • 3. Ikkita sodda gapdan iborat bo`ladi. • 4. Bog`langan sodda gaplar hosil bo`ladi. • 5. –u, (-yu), -da yuklamalarini qo`llash mumkin. • 6. Zidlov bog`lovchisi yordamida bog`langan qo`shma gap.

  14. Darsni yakunlashMavzuni xulosalashO`quvchilar bilimini baholashG`olib guruhni aniqlashUy vazifa berishO`qituvchi: D. Absamatova O`TIBDO`: R. Zikriyayeva

  15. E’tiboringiz uchun rahmat!

More Related