1 / 20

Navoiy viloyati Nurota tumani Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini

Navoiy viloyati Nurota tumani Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limi 27-umumiy o`rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Ma’rupova Muborakning 8-A sinfda ona tili fanidan o`tkazgan bir soatlik dars ishlanmasi. II-Maqsad:

takara
Télécharger la présentation

Navoiy viloyati Nurota tumani Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. Navoiy viloyati Nurota tumani Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limi 27-umumiy o`rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Ma’rupova Muborakning 8-A sinfda ona tili fanidan o`tkazgan bir soatlik dars ishlanmasi

  2. II-Maqsad: a) ta’limiy: So`z birikmasi bo`yicha o`quvchilarning ko`nikma, malakalarini sinash b) tarbiyaviy: mashqlar orqali oilada ota-ona, opa- ukaga hurmatni o`rgatish, insoniy fazilatlarni shakllantirish v) rivojlantiruvchi: og`zaki- yozma nutqini o`stirish, dunyoqarashini boyitish. I - Mavzu: So`z birikmasi bo`yicha umumlashtirish

  3. III-O`quv jarayonining mazmuni: Dars turi: O`quvchilarning ko`nikma, malakalarini shakllantirish, umumlashtiruvchi, sinovchi Usul: Sahifa. Uslubl: Og`zaki- yozma, Aralash. Jihoz: Darslik, slayd.

  4. IV-Dars taqsimoti: • Darsni tashkil qilish • –3 daqiqa • 2. Bo`limlar tanishivu (o`tilgan mavzular bo`yicha savol-javob) • – 15 daqiqa 3. So`zlarni o`rniga qo`y! - 8 daqiqa 4. Mustaqil ish -11 daqiqa 5. Mustahkamlash – 3 daqiqa

  5. V. Dars imkoniyatlari: 1. O`quvchining darsga tayyorligi – 1 ball 2. “Bo`limlar tanishuvi” usuli (savol-javob) – 1ball 3. “O`rniga qo`y!” usuli (so`z birikmalaridagi tobe` va hokim so`zlarni o`rniga qoyish) – 1ball 4. Husnixat (“Kim tez topadi!” usulida so`z birkmalarini ajratish) – 2 ball

  6. VI. Darsning borishi: a) tashkiliy qism b) psixologik iqlim yaratish v) darsni “Sahifa” usulida tashkil qilish

  7. 1-Sahifa O`quvchilarning kiyinishi, darsga tayyorligi (darslik, daftar, ruchka,kundalik) nazorat qilinib, rag`batlantirish tariqasida va ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olib 1 ball qo`yiladi.

  8. 2-Sahifa “Bo`limlar tanishuvi” usulida “So`z birikmasi” bo`yicha savol-javob qilinib, o`quvchilar 1 balldan olishga erishadilar. Qadim zamonda Tilshunoslik deya atalmish Saltanat bor emish. Bu saltanatning Sintaksis, Morfologiya nomli xonlikjlari bor emish. Ularning yon qo`shnisi Fonetika, Grafika, Orfografiya, Orfoepiya, Punktuatsiya xonliklari istiqomat qilar emish. Bir kuni Sintaksis xonligi shohi barcha qo`shni xonliklar shohini mehmonga chaqiribdi. Mehmondorchilikdan so`ng Sintaksis xonligi shohi shunday debdi: - Bir-birimiz bilan necha yildan buyon qo`shnimiz-u, ammo oilaviy sharoitimiz, yashash tarzimizdan bexabarmiz. Shuning uchun bir-birimiznitanishtiraylik.

  9. Fonetika xonligi shohi: - Bizda og`zaki nutqning tovush tizimi o`rganiladi. Grafika- - Biz saltanatimizda yozma nutqning harflar tuzilishini o`rganamiz. Tovushlarninf yozuvdagi ifodasi harf deyiladi. Orfografiya - Bizning saltanatimizda to`g`ri yozish me’yorlari o`rganiladi. Doimo chiroyli, nafis yozishni o`rganing. Orfoepiya - Bizda esa to`g`ri talaffuz me’yorlari o`rganiladi. Har qachon ravon, to`g`ri so`zlashga harakat qiling. Morfologiya - Men xonlikni Mustaqil so`z turkimi va yordamchi so`z turkimi degan 2 o`g`lim bilan boshqaraman.

  10. - Mustaqil so`z turkumlari fe’l, ot, sifat, son, olmosh, ravish - Yordamchi so`z turkumlari ko`makchi, bog`lovchi, yuklama Sintaksis - Barchangiz o`zingizni tanishtirdingiz, tashakkur. Endi navbat bizga. - Men saltanatimni Gap va So`z birikmasi nomli bolalarim bilan boshqaraman. - Bugun “So`z birikmasi” nomli farzandim bilan sizni yaqindan tanishtirmoqchiman. - Qani, bolajonlarim, menga o`zimizning saltamatimiz bilan tanishtirishda yordam berib yuboring-chi?

  11. 1. Til haqidagi fan nima deyiladi? 2. Til birliklarini sanab bering. 3. So`z birikmasi va gaplar qanday hosil qilinadi? 4. Tilning qanday b`olimi sintaksis deyiladi? 5. Sintasisning ichki bo`limlarini sanang. 6. Tilning qanday birikuviga so`z birikmasi deyiladi? 7. So`z birikmasi qanday so`zlardan tuzilgan? 8. Otli so`z birikmasi nimalar bilan ifodalanadi? 9. Fe’lli so`z birikmasiga misollar keltiring? 10. So`z birikmasiga hokim va tobe` so`zlarning joylashuvi qanday?

  12. 11. So`z birikmasida hokim va tobe so`zlarning o`zaro birikuvi necha usul? 12. So`zlarning qanday birikuviga bitishuv deyiladi? 13. Boshqaruvda so`zlar o`zaro qanday birikadi? 14. Moslashuv usuliga ta’rif bering. Misollar keltiring. 15. So`zlarning o`zari bog`lanishi necha usul? 16. Teng bog`lanish nima? 17 Tobe` bog`lanish qanday hosil qilinadi? 18. Teng va to`be` bog`lanishga misol keltiring, 19. Boshqaruv usulidagi so`z birikmasi hosil qiling. . 20.Gul hokim so`zi orqali bitishuv usuliga misol keltiring.

  13. Sintaksis - Menim-cha, xonlikdagi barchamiz bilan tanishtirdik. Faqat bizga nimadir yetishmayotgandek. Punktuatsiya - Albatta, chunki men o`zimni tanishtirmadim. Sintaksis - Marhamat. Punktuatsiya - Gap og`zaki nutqda ma’lum biro hang bilan aytiladi. Bu ohang yozuvda tinish belgilar bilan ifoda etiladi. Demak, bizning saltanatda tinish belgilari o`rganiladi. Men saltanatimni nuqta, vergul, undov, ko`p nuqta, tire, so`roq, ikki nuqta, qo`shtirnos, qavs, nuqtali vergul nomli farzandlarim bilan boshqaraman. Bu tinish belgilari bo`lmasa, gaplar, so`zlar chalkashib ketadi. Shuning uchun bizni o`z o`rnimizga to`g`ri qo`ying. Sintaksis - Mana, saltanatimizdagi barcha xonliklar bilan tanishdik. Endi doimo bir-birimizdan xabar olib, inoq, ahillikda yashaylik. Barchangizga tashakkur, Xayr, salomat bo`linglar.

  14. Sintaksis - Menim-cha, xonlikdagi barchamiz bilan tanishtirdik. Faqat bizga nimadir yetishmayotgandek. Punktuatsiya - Albatta, chunki men o`zimni tanishtirmadim. Sintaksis - Marhamat. Punktuatsiya - Gap og`zaki nutqda ma’lum biro hang bilan aytiladi. Bu ohang yozuvda tinish belgilar bilan ifoda etiladi. Demak, bizning saltanatda tinish belgilari o`rganiladi. Men saltanatimni nuqta, vergul, undov, ko`p nuqta, tire, so`roq, ikki nuqta, qo`shtirnos, qavs, nuqtali vergul nomli farzandlarim bilan boshqaraman. Bu tinish belgilari bo`lmasa, gaplar, so`zlar chalkashib ketadi. Shuning uchun bizni o`z o`rnimizga to`g`ri qo`ying. Sintaksis - Mana, saltanatimizdagi barcha xonliklar bilan tanishdik. Endi doimo bir-birimizdan xabar olib, inoq, ahillikda yashaylik. Barchangizga tashakkur, Xayr, salomat bo`linglar.

  15. 3-Sahifa “So`zlarni o`rniga qo`y!” usulida tobe so`z to`g`riligida noto`g`ri hokim so`z berilgan. Har bir o`quvchi to`g`ri hokim so`zni topib, o`rniga qo`yib, 1 ball olishga muvaffaq bo`ladi. Daftardan – bormoq kitobni - ko`chirmoq Kinoga – kelmoq G`oliblik uchun - o`qimoq Tunda - kurashmoq

  16. Otaning - muqovasi O`quvchining – kitobi Do`stimning – ijodi Kitobning – burchi Adibning - nasihati Yangi – xona Shirin – bola Keng- Mavzu Yorug` - maydon Intizomli - ovqat

  17. Ozodlikka – o`qimoq Ertakni – cho`milmoq Daryoda - duosi Lolani – erishmoq Onaning - uzmoq Telefon orqali – o`lka Buvimning – cho`qqisi Tog` - suhbatlashmoq Bepoyon – o`quvchi Intizomli - hassasi

  18. 4-Sahifa • “Kim tez topadi!” usulida 1-guruh bitishuv, 2-guruh boshqaruv, 3-guruh moslashuv usuli bilan aralash berilgan so`z birikmalarini ajratadi. Bunda o`quvchining ham so`z birikmasini to`g`ri topgani, ham husnixati ballanadi. Shahar ko`chalari, bog`ga burilish, ayyor tulki, kutubxonaga bormoq, qizg`in suhbat, tarvuz emoq, beda o`rish, oltin yaproq, ukamning kitobi, toza ko`ylak, olcha guli, ustoz o`giti, singlisi uchun olmoq, ukamning do`sti, keng ko`cha.

  19. VII. Dars yakuni: mustahkamlash, o`quvchilar BKM larini baholash, faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish. VIII. Vazifa: O`tilgan mavzular bo`yicha takrorlab kelish

More Related