470 likes | 2.5k Vues
Darsning mavzusi:Turli muhitlarda diffuziya xodisasi. Darsning maqsadi:Diffuziya xodisasi mohiyatining va xayotdagi axamiyatini tushuntirish. Ta`limiy maqsad: o`quvchilarga DTS talablari asosida mukammal ma`lumot berish,savol-javob va misollar keltirish orqali diffuziya xodisasini tushuntirish.
E N D
Darsning mavzusi:Turli muhitlarda diffuziya xodisasi. Darsning maqsadi:Diffuziya xodisasi mohiyatining va xayotdagi axamiyatini tushuntirish.
Ta`limiy maqsad: o`quvchilarga DTS talablari asosida mukammal ma`lumot berish,savol-javob va misollar keltirish orqali diffuziya xodisasini tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni og`zaki nutqini o`stirish,mantiqiy fikrlashga o`rgatish.
Dars uslubi:Interfaol,gruhlarda ishlash va “Atamalar estafetasi “o`yinlarini o`tkazish.Dars jixozi: Darslik, tarqatmali materiallar,test va rag`batlantiruvchi jetonlar.
Darsda yoritilishi lozim bo`lgan asosiy tushuncha va atamalar:diffuziya,molekula,modda,temperatura.
Darsning borishi:tashkiliy qism;o`tilgan mavzuni so`rash va baholash;mustahkamlash;yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu e`lon qilingach,o`quvchilar bilan “Atamalar estafetasi” o`yinini o`tkaziladi.Bu o`yinda 2 nafar o`quvchi htirok etadi.Masalan:Mehanika sozi beriladi.O`quvchilar bu so`zning har bir harfiga fizik olimlardan yozishlari so`raladi.
MEXANIKA:M-Mendeleyev.DE-EylerX-Xayyom.UA-Amper.AN-Nyuton.II-Ibn SinoK-KopernikA-Aristotel
O`quvchilar ,suvga shakar yoki tuz solsak nima bo`ladi?Xonada to`kilgan atir hidini nima uchun sezamiz?
O`quvchilar,bu diffuziya xodisasiga asosan sodir bo`ladi.Diffuziya-bir modda molekulalarinig ikkinchi modda molekulalariga,ikkinchi modda molekulalarini birinchi modda molekulalariga o`tishi.
Diffuziya so`zi lotincha so`zdan olingan bo`lib,tarqalish,sochilish degan ma`noni anglatadi.Diffuziya xodisasi – gazlarda tezroq,suyuqliklarda sekinroq,qattiq jismlarda esa juda sekin boradi.
Diffuziyaning borish tezligi temperaturaga ham bog`liq.Temperatura ortishi bilan diffuziya tezlashadi.
Kundalik hayotimizda diffuziya xodisasini ahamiyati katta.Ya`ni turli konservalash ishlarida,zavod-fabrikalaridan chiqayotgan turli is gazlarini xavoga tarqalishida foydalanamiz.
Savollar:1.Fizika fani nimani o`rgatadi?.2.Modda necha holatga ega?3.Molekula so`zinig ma`nosi ?4.Diffuziya deb nimaga aytiladi?5.Diffuziya tezligi nimaga bog`liq?