1 / 24

Boshlang’ich sinf o na tili darslarida yozma ish ( diktant, bayon, insho, ijodiy topshiriq ) turlaridan foydalanish

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI. Boshlang’ich sinf o na tili darslarida yozma ish ( diktant, bayon, insho, ijodiy topshiriq ) turlaridan foydalanish . ANDIJON VILOYATI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI. 2 soat amaliy .

lesa
Télécharger la présentation

Boshlang’ich sinf o na tili darslarida yozma ish ( diktant, bayon, insho, ijodiy topshiriq ) turlaridan foydalanish

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI Boshlang’ich sinf ona tili darslarida yozma ish (diktant, bayon, insho, ijodiy topshiriq) turlaridan foydalanish ANDIJON VILOYATI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI 2 soat amaliy

  2. Maqsad: Tinglovchilargaona nili darslariga qo’yilgan talablarni to’la yoritib berish. REJA Ko’rgazma: Rasmli ko’rgazmalar, tarqatma materiallar. Kutilayotgan natija:Ona tili darslarining samaradorligini oshirish, yozma nutqni o’stirish, ona tili faniga mehr-muxabbatni oshirish. Tayanch iboralar:Adabiy, sinonim, kompleks. Ona tili darslariga qo’yiladigan talablar Ona tili daslarining maqsadi va vazifalari Ona tili darslarning turlari Yozma ishlar (diktant, bayon, insho)ni o’tkazish usullari

  3. Ona tili darslariga qo’yilgan asosiy talablar • O’quvchining onggida fonetik, grammatik va orfografik tushunchalarni shakllantirish • Asosiy fonetik va grammatik tushunchalar yordamida imloviy malakalarini shakllantirish. • Og’zaki va yozma nutq uzviyligi, uygpunligini ta’minlash, muntazam ravishda mavzuga bog’liq holda yozma nutq ustida ishlash: ijodiy matnning mantiqiy jihatdan to’g’riligini, fikr izchilligini, lugpaviy me’yorini ta’minlash. • Mashg’ulotlarda turli didaktik vositalardan to’g’ri va unumli foydalanish: ta’limiy o’yinlar izchilligi va hilma-xilligi, qizqarli bo’lishga erishish • Mavzuni muammoli ravishda yetkazishda turli Noan’anaviy usullardan foydalanish, mashqlarning tizimi va optimal variantlariga ehtibor berish. • O’quvchilarning fikrlash darajasini o’stirib borish: mashg’ulot vositalari mazmunidan kelib chiqib tarbiyaviy jihatlarga ehtibor berish.

  4. Savod o’rgatish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasining asosiy bo’limlari Gramma-tika va imlo metodikasi. O’qish metodikasi O’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi.

  5. “Ajoyib o’qituvchi bo’lgan ona tili bolaga ko’p narsani o’rgatadi ...Bola 2-3 yil ichida shuncha ko’p narsa o’rganadiki, kop narsa bilib oladiki, 20 yil qund bilan va metodik jihatdan juda to’g’ri o’qiganda ham, uning yarmicha o’rgana olmaydi. Ona tilining ulug’ pedagogligi ham ana shundadir”. K.D.Ushinskiy

  6. Boshlang’ich sinflardaona tilidanmashg’ulotlar turiva mazmuni O’qish, yozuv, grammatik materialni o’rganish, kuzatishlar hamda O’quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog’liq holda ularning og’zaki va yozma nutqini o’stirish. Birinchi sinfga kelgan bolalarga o’rgatish, ya’ni ularni elementar o’qish va yozishga o’rgatish, bu ko’nikmalarni takomillashtira borib, malakaga aylantirish. Adabiy til normalarini, ya’ni imloviy va punktuatsion savodli yozuvni, orfoepik to’g’ri talaffuzni o’rganish, ifodali nutq va stilistik (uslubiy) elementlarni egallash. Grammatika, fonetika, leksinadan nazariy materiallarni o’rganish, tildan ilmiy tushunchalar sistemasini shakllantirish. O’quvchilarni o’qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy ommabop va boshqa adabiyotlar na’munasi bilan tanishtirish, ularda adabiy asarni idrok etish ko’nikmasini hosil qilish.

  7. DARS TIPLARI Yangi bilim berish darslari Takrorlash va umum-lashtirish darslari Mustahkamlash darslari Aralash darslar Bilim, malakalar tekshirish va baholash darslari Bulardan tashqari diktant bayon va insholar yozish darslari ham o’tkaziladi. Har bir dars tipida amalga oshiriladigan vazifalar O’qituvchi diqqat markazida bo’lishi lozim.

  8. Yangi bilim berish darslari vazifalari: - O’quvchilar ongida muayyan mavzu asosida yangi tushunchalarni hosil qilish; - yangi mavzuni oldin o’tilgan mavzular tizimiga kiritish, o’hshash va farqli tomonlarini ko’rsatish. - yangi mavzuga oid qoida, atamalar mohiyatini ochib berish: - mavzuni amaliy ahamiyatini o’qtirish: - yangi mavzu bo’yicha ma’lumotlarni qathiy izchillikda yetkazish: - shu mashg’ulotning o’zida yangi bilim asosida shakllangan ko’nikmani teksthirib olish. - mavzu ustida ishlashda belgilangan usul, tamoillarga rioya etish. - dars jarayonida O’quvchilar faoliyatini kuchaytirib borish; ularning psixologik xususiyatlarini xisobga olish, fikrlash darajalarini rivojlantirib borish.

  9. Mustahkamlash darslari vazifalari: - mashg’ulotlarda shakllanadigan ko’nikma, malakalar mehyorini bilib olish: - o’tkaziladigan mashqlar tizimini belgilab ularning bajarilishi izchilligini ta’minlash. • og’zaki va yozma mashq turlarini maqsadga muvofiq o’tkazish, mashqlarning o’yin turlaridan unumli foydalanish. • mustahkamlash davomida O’quvchilarga differentsial va individual ravishda munosabatda bo’lish. • Har bir mashq turining topla va mukammal bajarilishiga erishish. • Mashg’ulot davomida O’quvchilarning mustaqilligini ta’minlash va faolliklarini oshirib borish. • Oshib qolgan vaqt uchun doimo zahirada qo’shimcha mashq bo’lishiga ehtibor berish • O’quvchilar bajargan topshiriqlarni imkon darajasida teksthirib, baxosini izoxlab berish. • Mashqlar davomida O’quvchilarni o’ta toshqtirmaslik uchun Jismoniy harakat o’yinlaridan mehyorida foydalanish.

  10. Bilim, ko’nikma, malakalarni teksthirish va baholash darslari vazifalari. - teksthiriladigan bilim, ko’nikma va malakalar mehyorini oldindan belgilab olish. - teksthirish shakllari, usullarini aniq belgilab, ularga qathiy rioya etish. - teksthirishni muayyan tizim va izchillikda olib borish. - teksthirish uchun belgilangan savol va topshiriqlarning aniq, puxtaligini ta’minlash. - teksthirishning qiziqarli, o’yin tusidagi turlaridan umumli foydalanish, test, va turli usullarining optimal variantlarini izlash. - teksthirish va baholash davomida O’quvchilarning psixologik va yosh xususiyatlariga jiddiy ehtibor berish: Rag’batlantirish va takbex berishning tahsirli, tarbiyaviy jixatlarini ta’minlash - teksthirish va baxolashning uyg’unligiga erishish. - teksthirish va baholash davomida o’zlashtirishdagi nuqsonlarini bartaraf etib borish.

  11. Takrorlash va umumlashtirish darslari vazifalari. - takrorlanadigan ma’lumotlar, tushunchalar mehyorini belgilab olish. - takrorlash va umumlashtiruvchi suxbatda qathiy tizim hamda izchillikka rioya qilish - takrorlash va umumlashtirishda muayyan mavzular bo’yicha qo’llangan ko’rgazmali vosita va tarqatma varaqalardan foydalanib borish. - takrorlash va umumlashtirish davomida O’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlari va malakalarini hisobga olish, ularni yodga tushirish usullarini qo’llash - takrorlash va umumlashtirishda qo’shimcha mashqlar turlarini og’zaki yoki yozma ravishda o’tkazib borish. - takrorlash va umumlashtirish davomida O’quvchilar faoligini oshirib borish - umumlashtirish yakunida muayyan xulosalarni chiqarish.

  12. Aralash darslar vazifalari - yangi bilm xajmi, mavzu ustida ishlash bosqichlari, mustahkamlash mashqlar tizimi va O’quvchilarning bilim ko’nikma, malakalarini teksthirish jarayoniga qathiy tartibda rioya qilish. -bosqichlar orasidagi bog’lanish, izchillikda uzilishiga yo’l qopymaslik. - shu mashg’ulotning o’zida muayyan O’quvchilar guruhining bilimlarini teksthirib, baholashga ulgurish - mashg’ulot davomida turli didaktik vositalardan foydalanish - mashg’ulotda O’quvchilarning faolligiga erishish.

  13. Diktant, bayon va insho yozish yo’llari ham o’ziga xos xarakaterga ega . Bu yozma ishlar mavzularni qay darajada o’zlashtirilganligini hisobga olish uchun olinadi. Har bir yozma ish o’ziga xos usul bilan yozdiriladi. O’quvchilar birinchi sinf savod o’rgatish davridayoq so’zlarni to’g’ri yozish, yozuv taxtasidan va kitobdan ko’chirib yozish malakalarini egallaydilar. Asta-sekin so’z birikmasi, gap va bog’langan nutq tuzish hamda tuzgan gaplarni yozishga o’rganiladilar. O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish maqsadida gramatikaga oid ayrim qoidalar o’rgatib boriladi bu esa qoidalarni puxta o’zlashtirish uchun hizmat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga gramatikaga oid bilimlarni o’rgatish va ularni nutqlarini o’stirishda yozma ishlar alohida o’rin tudadi. Yozma ishlar ko’chirib yozish, diktant, bayon, insho tarzida amalgam oshiriladi. O’quvchilar sovodhonligini oshirishda foydali mashg’ulotlardan biri diktantdir. Diktant o’tkazishda o’quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish ishda aniqlikka e’tibor berish, soddadan murakkabga boorish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek o’quvchilarni o’z-o’zni teksthirishga odatlantirish kerak. O’quvchi diktant yozishda so’zni harfiy ifodasini ko’rmay eshitish orqali tovushlar majmuasini tasavvur e’tadi, tovushlarni harflar bilan almashlab yozadi.

  14. Diktantlar maqsadiga ko’ra 2 turli bo’ladi. Ta’limiy Tekshirish Lug’at Saylanma Ko’rsatuv Yoddan yozuv Ta’kidiy Izohli Ijodiy Erkin

  15. Ta’limiy diktant Diktantning bu turi o’rgatilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida yozuv darsining ma’lum bir qismida mashq sifatida o’tkazilib unga alohida soat ajratilmaydi. Tekshirish diktanti Diktantning bu turi o’rganilganlarni o’quvchilar qanchalik o’zlashtirganliklarini sinash va teksthirish maqsadida o’tkaziladi. Bayon Boshlang’ich sinf o’quvchilariga bayon yozdirishdan oldin ishning maqsadi va uyushtirish tartibi belgilab olinadi. Shu bilan berga o’quvchilarning bilimi yosh hususiyatlariga moslab tekst tanlanadi. Og’zaki bayon singari yozma bayonning ham maqsadi o’quvchilarga puxta ta’lim-tarbiya berishdir, shu bilan birga o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish lug’atini boyitishdir. O’quvchilar bayon yozishda o’qilgan tekst mazmunini gapirib berishga tekstdagi asosiy fikrni topa olish, reja tuzish va shu asosida o’z fikrlarini yozma ifodalashga o’rganadilar. Ta’limiy harakterdagi bayonni 1 sinfdan boshlash mumkin 1 sinf o’quvchilar 2 yarim yildan 30-40 so’zli tekst asosida bayon yoza oladilar. O’quvchilarga 1 marta bayon yozdirganda o’qituvchi tekstni doskaga yozib beradi va ana shu tekst bo’yicha savol tuziladi. O’quvchilar shu savollarga doskadagi tekstdan javob topadilar.

  16. 1-sinfda bayonning quydagi 2 turidan foydalaniladi. 1. Savollarga javob yozish 2. Kalliktiv bo’lib reja tuzish, rejani doskaga yozish va ana shu reja asosida o’quvchilarning mustaqil bayon yozishlari 1-sinfda dastlabki bayon savollargi javob yozishdan iborat bo’lib nechta savol bersa o’shancha javob yozadilar. 1-sinfda o’quvchilarda bayon yozdirishni asosi quyidagi tartibda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 1. Kirish suhbati 2. Bayon tekstini o’qib berish 3. Tekst mazmuni bo’yicha suhbat 4. Tekstni 2 marta o’qib berish 5. Tekstdagi asosiy fikrni aniqlash 6. Tekst mazmuni bo’yicha savollar tuzib doskada yozish 7. Savollar asosida suhbat 8. Bayonni o’quvchilarga yozdirish

  17. 2-sinf 2-sinfda o’quvchilarga bayon yozdirish 2 xil tartibda olib boriladi. 1. O’quvchi tuzgan reja asosida bayon yozish 2. O’quvchi rahbarligida o’quvchilarning o’zlari tuzgan reja asosida bayon yozdirish. O’quv yilining 1-yarimida bayon rejasini o’quvchi tuzadi. Keyinchalik o’quvchilarning o’zlari mustaqil tuzadilar. Tayyor reja asosida yoziladigan tekst 40-50 yoki 50-60 so’zli bo’lib o’quvchilar oson o’zlashrita oladigan bo’lishlari kerak. 2-sinf o’quvchilariga bayon yozdirishda quydagi maqsadlarga erishish ko’zda tutiladi. 1. Asosiy fikr kim yoki nima haqida borayotganligini bilish 2. Bayyonda bir so’zni takror ishlatavermay uning sinnimlaridan foydalanishni o’rgatish 3. Yozma nutqini o’stirish 4. Imlo hatolarini tuzatish

  18. Bayon tahliliga quvdagicha e’tibor beriladi. • O’quvchilar ishi haqida umumiy suhbat • Eng yaxshi bayon namunasidan ko’rsatish • Tekstga mos bo’lmagan ortiqcha so’zlarni o’qib eshitirish • Qaysi asosiy fikr tushub qolganligini aytish • Hotolar ustida ishlash

  19. 3-sinf • 3-sinf o’quvchilarining bayon haqidagi tushunchalari ancha kengayadi. Mustaqil reja tuzib shu reja asosida bayon yoza oladilar. • O’quv yilining 1-yarimidan yoziladigan bayonlar rejasi asosan kalektiv tartibda tuziladi, 2-yarm yildan esa mustaqil reja tuzish talab e’tiladi. Bunda dars quvdagi tartibda tashkil e’tiladi. • O’qituvchi bayot tekstini o’qib beradi mazmun yuzasida savol javob o’tkaziladi. • O’quvchilar reja tuzishga kirishadilar, qiylansalar hikoya ikki marta o’qib beriladi • O’quvchilarning tuzgan rejasini taqqoslash 1-o’quvchi o’qiydi qolganlari o’z rejalarini taqqoslaydilar. • O’quvchilar tuzgan rejalari asosida bayon yozadilar. 4-sinf Bu sinfda bayon yozish farq qilmasada, ko’proq mustaqil beriladi. 90-120 so’zli bo’ladi.

  20. Boshlang’ich sinflarda insho Insho o’quvchilarning ijodiy ishlaridan biri hisoblanadi. Inshoda o’quvchlar o’zlarining mustaqil fikrlarini, qiziqish va hohishlarini, o’z tushunchalarini ifodalaydilar. O’quvchilar insho yozish orqali quyidagi bilimlarni o’zlashtiradilar Insho uchun material to’plash, kuzatish va asosiy o’rinlarini esalab qolish, bilganlarni yozma ifodalash. So’zlar tanlash va so’zlardan grammatika qoidalari asosida gap tuzish Reja tuzish va fikrlarini reja asosida ifodalash. Tekstni imlo hatolarisiz, tinish belgilariga rioya qilib, Grammatik qoidalariga amal qilib yozish. Bashlang’ich sif o’quvchilari inshosi maqsad va vazifalariga ko’ra turlicha bo’lib, har bir turi o’ziga hos ko’rinishda bo’ladi. Boshlang’ich sinflarda insho yozish uchun quydagi manbalardan foydalanish mumkin. O’quvchilarning kuzatishi, ekskursiya va saylda olgan ta’ssurotlari, o’yin va boshqa faoliyatlari davomidagi tajribalaridan Kitob jurnal, ro’znoma materiallari, o’qituvchi va boshqa kishilardan eshitganlari, tilvezor kino, turli rasm va plakatlardan kuzatganlaridan.

  21. Insho yozganda quyidagilarga e’tibor beriladi. Voqealarni bir-biriga bog’liq holda ifoda etish. Voqiani sodir bo’lish sababi, fikr yuritilayotgan narsalarning belgi va hususiyatlarini ko’rsata bilish Voqia hodisalarni o’zaro taqqoslay bilish va umumiy hulosalar chiqarish. 1-sinfda ijodkorlikka o’rgatish maqsadida quydagicha ishlar olib boorish mumkin. O’quvchilar issiqxonaga ekskursiyaga olib boriladi. U yerda bolalar qizarib pishib yotga pamidor, yam-yashil bodiring va sapsariq limonlarni ko’radilar. Sinfga kelgandan so’ng ekskursiya ta’surotlarini eslab ayrimlari pmidor, boshqalari limon deb yozadilar. 2-sinf o’quvchilari bilan jamoa xo’jaligi fermasiga ekskursiya uyushtirilgandan keyingi yozgan ishlaridan biri quyidagicha.

  22. OLA SIGIR Kecha fermaga bordik. Fermada sigrlarni ko’rdik. Ola sigir semiz ekan. Ko’p sut berarkan. Zuhro opa 2 chelakda sut sog’ib oldi. Qoyil qoldik. 3-4 sinflarda o’qish darslarida har-hil mavzuda she’r va hikoyalar o’qib o’rganganlaridan keyin ularning tasavvur yanada kengayadi. Ularning yozadigan isholari o’ziga hos badiiy tus oladi. 3-4 sinflarda “Bog’da”, “Bizning qishloq”, “Otamning kasbi” mavzularida. Insho yozdirish maqsadiga muvofiqdir. O’quvchilarning orzu-umidlari va nimalarga qiziqishlarini hisobga olib “Mening orzum”, “Mening onam”, “Onamlarning bayram”, bizning oila mavzularida insho yozishlari mumkin. O’quvchilar bayon va insho yozish orqali yozma nutqning o’stiradi. Fiklash doiralari tasavvurlari ishlash qobilyatlari shakllanadi. Lug’at boyligi ortadi, o’z fikrini aniq va to’g’ri tushuntirishga harakat qiladi, ijodiy barkamoligi o’sadi.

  23. Foydalanilgan adabiyotlar • K.Yunusov Boshlang’ich sinflarda ona tili darslari 2001 yil • K.Qosimova Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi “O’qituvchi” Toshkent 1985 yil • M.Yusupov O’qish va yozuv darslari samaradorligini oshirish. Toshkent “O’qituvchi” 1994 yil • M.Umarova, M.Hudayberganov • Bayonlar to’plami

  24. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

More Related