1 / 44

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti O’zbek adabiyoti kafedrasi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti O’zbek adabiyoti kafedrasi “O’zbek adabiyoti” fanidan “20-30 yillar o`zbek bolalar adabiyoti” mavzusidagi dars taqdimoti O’qituvchi: G.Pashiyeva Nukus-2014. Uyga vazifa so’rash. “Umid daraxti”.

feivel
Télécharger la présentation

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti O’zbek adabiyoti kafedrasi

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti O’zbek adabiyoti kafedrasi “O’zbek adabiyoti” fanidan “20-30 yillar o`zbek bolalar adabiyoti” mavzusidagi dars taqdimoti O’qituvchi: G.Pashiyeva Nukus-2014

  2. Uyga vazifa so’rash

  3. “Umid daraxti” Hamzaning ijodida etakchi o’rinni tutadigan kitob qaysi? Shoiyrning dunyoqarashiga nimalar ta’sir ko’satdi? Abdulla Avloniy qaysi gazateni tashkil etdi? «Turkiy Guliston yoxud axloq» asari qanday xarakterdagi asar? “O’qish kitobi” darsligining muallifi kim? Avloniy yoshligida qanday kasblar bilan shug’ullandi?

  4. Reja: • Bu dаvr аdаbiyotining tаrаqqiyot tаmоyillаri. • G’аyrаtiyning hаyoti vа ijоdiy fаоliyati. • Sultоn Jo’rа vа Zаfаr Diyor ijоdining еtаkchi mаvzulаri. . • G’аfur G’ulоm ijоdidа fоlkоr аn’аnаlаri. • Shе’riy аsаrlаri mаvzusi. Shоir shе’rlаridа fоlklоr mоtivlаri. • Аdib ijоdining jаnriy ko’lаmi, оbrаzlаrdаgi hаyotiylik. “Mеning o’g’riginа bоlаm”, “Shum bоlа” kаbi аsаrlаri tаhlili.

  5. Bu davr adabiy jarayoniga Zafar Diyor, Sultоn Jo’ra, SHukur Sa’dulla, Quddus Muhammadiy, Ilyos Muslim, G’ayratiy kabi prоfеssiоnal bоlalar yozuvchilarining kirib kеlishi bilan ajralib turadi. Nеcha-nеcha avlоdlar tarbiyasiga хizmat qilgan Zafar Diyorning «Kitоb mеning do’stimsan», «Sentabr qo’shig’i», «Bоg’chamiz» , Sultоn Jo’raning «A’lо» va «YAхshining maqtоvi», «Harflar paradi», «Tinish bеlgilarining majlisi», «Ikki bahо», «Kimning хati chirоyli», «Mamatning kеchirmishi» shе’rlari shu davr mahsulidir.

  6. Jumladan, G’.G’ulоmning «O’rdak va Turg’un», «Bilib qo’yki, sеni Vatan kutadi», «SHum bоla», Оybеkning «Tеmirchi Jo’ra», «Gulnоr оpa», «Zafar va Zahrо», «Qоnli barmоqlar» nоmli asarlari bоlalar adabiyotining shundan kеyingi taraqqiyotiga sеzilarli ta’sir ko’rsatdi.

  7. G’ayratiy • O‘zbek adabiyoti ravnaqiga o‘z ulushini qo‘shgan adiblardan biri G‘ayratiy—Abdurahim Abdulla o‘g‘li 1902 yil 15 fevralda Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand oilasida dunyoga keldi. Uning otasi o‘qimishli, adabiyotga qiziqqan kishi bo‘lgan. Onasidan erta judo bo‘lgan Abdurahim mahalladagi Oyimxon aya qo‘lida tarbiya topgan. Uning adabiyotga qiziqishida ham aya aytgan ertaklar muayyan rol o‘ynagan. 1912—1915 yillarda u avval eski maktabda, so‘ng madrasalarda tahsil oladi. Shu yillarda Navoiy, Muqimiy, Furqat asarlari bilan tanishadi.

  8. 1926 yilda G‘ayratiy Ozarboyjonga borib, Bokudagi bilim yurtida o‘qiydi. U yerda M. O‘rdubodiy, M. Mushfiq, S. Rustam, J. Jabbor kabi taniqli adiblar bilap tanishadi va muloqotda bo‘ladi. Bokudan qaytgach, Toshkentdagi muzikali drama teatrida adabiy emakdosh bo‘lib xizmat qiladi. 1929—1931 yillarda O‘zbekiston Davlat nashriyotida muharrir va bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlaydi. Uning birinchi she’riy to‘plami 1927 yilda «Erk tovushi» nomi bilan nashr etiladi. 1928 yilda «Yashash taronalari» she’riy to‘plami, «Qutulish» nomli hikoyalar to‘plami chop etiladi. She’riy to‘plamga kirgan «She’rim», «Shoir», «Tanburchi qizga», «Mening tuyg‘ularim» kabi she’rlarida shoirning dunyoqarashi gavdalanadi.

  9. G’ayratiy dramaLARI • Bulardan tashqari, G’ayratiy dramatik asarlar ham yaratgan. Uning «Оmоn», «Yo’ldоsh», «Qanоtli do’stlar», «O’rmоnda» kabi dramalari uzоq yillar rеspublika qo’g’irchоq tеatri va yosh tоmоshabinlar tеatri rеpеrtuaridan mustahkam o’rin оlib kеldi.

  10. 1972 yilda G‘ayratiyga O‘zbekiston xalq shoiri unvoni berilgan. U 1976 yil 17 yanvarda vafot etgan. Vafotidan so‘ng esa «Quyoshga muhabbat» degan (1980) she’riy majmuasi nashr etildi.

  11. Sultоn Jo’rа • O’zbek bolalar adabiyotining taniqli vakillaridan biri, pedagog, jangchi-shoir Sulton Jo’ra 1910 yilning 15 yanvarida Buxoro viloyati Shofirkon tumanining Qag’altom qishlog’ida kambag’al dehqon oilasida dunyoga keladi. Yetti yoshidan ota-onadan yetim qolgan Sulton har kimning eshigida xizmat qildi. U dastlab boshlang’ich maktabda o’qib, so’ng 1924 yilda Buxoroga keldi va bu yerda erlar pedagogika bilim yurtida o’qib, uni 1930 yilda tugatdi. Sulton Jo’ra 1931-38 yillarda Buxoro rabfagida, 1938-41 yillarda Andijondagi o’qituvchilar ilmgohi va pedagogika bilim yurtida til va adabiyotdan dars berdi.

  12. Zafar Diyor

  13. Hayoti va ijodi Hozirgi zamon o’zbek bolalar adabiyotini Zafar Diyorsiz tasavvur qilish qiyin. Uning she‘r, qo’shiq, doston, hikoya va pesalari yosh kitobxonga katta estetik zavq-shavq bag’ishlab kelmoqda. Kata iste‘dod egasi Zafar Diyor 1912 yilda Namangan viloyatining hozirgi Chust tumani, Samsoqtepa qishlog’ida kambag’al dehqon oilasida tug’ildi.1916 yilda Zafarlar oilasi Toshkent shahriga kuchib keladi. Zafarning otasi dalada, onasi esa bosmaxonada mehnat qiladilar. 1927 yilda Zafar to’liqsiz o’rta maktabni bitiradi va Samarqanddagi Narimonov nomli pedagogika texnikumiga o’qishga kiradi. Tuxnikumda ko’proq ilm-fan sirlaridan bahramand bo’lishga harakat qiladi. Uning dastlabki she‘riy mashqlari bilim yurti devoriy ro’znomasi sahifasida ko’rina boshlaydi.

  14. O’zbek bolalar adabiyotiga qo’shgan hissasi O’zbek bolalar nasrini rivojlantirishga ham Zafar Diyor o’z hissasini qo’shgan yozuvchilardan. Uning “Jo’natish”, “Cho’pon qizi”, “Nojo’yaliklar” kabi hikoyalari shular jumlasidandir. O’zbek bolalar adabiyotini rivojlanishiga she‘r va qo’shiq, doston va ertaklari bilan juda katta xissa qo’shgan Zafar Diyorning asarlarini bolalar xamon sevib o’qiydilar va yuksak qadrlaydilar.

  15. Zafar Diyor bolalarning hatti-harakatlarini,orzu-intilishlarini yaxshi biladi. Shu jihatdan qaraydigan bo’lsak, uning «Kel, uchaylik shimolga ” she‘ri g’oyat xarakterlidir. Bunda shoir «Quyosh tushmaydigan” qutbni borib ko’rishni orzu qilgan bolaning lirik obrazini gavdalantiradi. Yosh bolaning murg’ak xayoli shimoliy qutbni borib ko’rishni, undagi hodisalar bilan tanishishni xohlaydi. Shoir lirik qahramonning ulug’ maqsadlarga erishish uchun Fan va texnika asoslarini amalda egallashi kerakligini chuqur anglaydi.Buni shoir modelcha yasash jarayonida kichik yoshdagi bolalarning ruhiyatiga mos, sodda holda tushuntiradi va ularda katta ishlarga- qahramonlikka havas uyg’otadi: Yosh bo’lsam ham mayliga Qanot bog’lab uchayin; Muz sahrosi Qutbning Sirin men ham ochayin. Hoy, suyukli modelcham, Tayyormisan safarga ? Fikrim senda hamisha, Kel, uchaylik Shimolga !

  16. Uning «Ona allasi» (1942) qo‘shig‘i o‘z vaqtida yozilgan qo‘shiq edi. Uxla, qo'zim, do'ndig'im, Uxla, mana, chiqdi oy. Seni sevib, erkalab, Jo'r bo'ladi menga soy. Maqtovingni kuylasam, Yumilmaydi hech ko'zim. Uzoq tunlar onangga Yo'ldosh ? yorug' yulduzim. Uxla, bolam, oyginam, Kishnab turgan toyginam..

  17. BINAFSHA Atir hidi sochildi, Chakkangga taq, chakkangga. Lazzat olib hididan Bolarilar uchadi. Ipakqanot kapalak Barglarini quchadi. Seni maqtab kuylaydi, Bog' aylanib qushchalar. Darak berib bahordan, Quvontirding shunchalar. Binafshaxon, binafsha Kulishlaring chiroyli. Ko'ksimizda hid sochib Turishlaring chiroyli! Binafshaxon, binafsha Kulishlaring chiroyli: Bog'imizda ochilib Turishlaring chiroyli. Hamma chiqar dalaga Binafshalar tergali, Men ham terdim bir dasta Opamizga bergali. —  Mana, opa, binafsha, Qarang, qanday chiroyli. —  Yuring, — dedi opamiz,  — Binafshalar teraylik. Binafshalar ochildi Chakkangga taq, chakkangga:

  18. KAPALAK Hoy, kapalak, kapalak, Qanotlaring ipakdak. Muncha shoshib uchasan, To'xta, so'zlayin andak. Uchrataman har kuni Seni har kun bog'chamda, So'rib gullar sharbatin O'ltirasan olchamda. Borib ushlay deganda Shoshib darhol uchasan. Sira tutqich bermasdan Guldan gulga ko'chasan. Mendan aslo qochmagin, Do'st bilaman o'zimga. Pildir-pildir uchishing, Oh, yoqadi ko'zimga. Ucn, uchaver, uchaver, Go'zal bog'cham — gulshanda. Sira ozor bermayman Sevgim, fikrim bor senda. Kapalakjon, kapalak,  Qanotlaring ipakdak. Do'st bo'laylik ikkimiz, To'xta, so'zlayin andak!

  19. G’afur G’ulom

  20. Reja: • G’аfur G’ulоm ijоdidа fоlkоr аn’аnаlаri. • Shе’riy аsаrlаri mаvzusi. Shоir shе’rlаridа fоlklоr mоtivlаri. • Аdib ijоdining jаnriy ko’lаmi, оbrаzlаrdаgi hаyotiylik. “Mеning o’g’riginа bоlаm”, “Shum bоlа” kаbi аsаrlаri tаhlili.

  21. Kichkintoylarning katta shoiri G‘afur G‘ulom • G’afur G’ulom bolalar adabiyotining ravnaqiga katta hissa qo’shgan ijodkorlardan. O’zining mehnat faoliyatini pedagoglikdan boshlagan shoir umrining oxirigacha qalban eng jonkuyar pedagoglardan biri bo’lib qoldi. U yosh avlodni, kelajak farzandlarini juda sevardi va bu sevgisini bolalar haqida yozilgan asarlarida yuksak muhabbat va cheksiz mahorat bilan ifodaladi

  22. yoshlar va o’spirinlarga bag’ishlangan she’rlari «Bilib qo’yki, seni Vatan kutadi” “Avval o’qi” ‘Bari seniki” “Oltin medal”

  23. kichik maktab yoshidagi va bog’cha yoshidagi bolalalarga bag’ishlangan she’rlari “Ahmad yomon bola emasku, ammo…” “Ikki yoshlik” “O’rdak va Turg’un” “O’rdak va Turg’un” “Charog’larim, qarog’larim” ”Nortojining kurak tishi” “Yasha deyman o’g’lim” “Buni toping, qizlarim” “Chitti gul” “Siz mening yoshligimsiz”

  24. Shoirning "Uylashni urganamiz" she'ri xalq og'zaki ijodiga juda yaqin turadi, misralar oddiy, sodda so'zlardan tashkil topgan. Bir qaraganda, ma'no va mazmun ham xuddi shunday tuyuladi. Ammo sinchiklab o'rganadigan bo'lsakhar bir misrada,har bir dialogda bola u yokda tursin xatto kattalarning orzu havaslari bir butunligicha she'rga kirib qolgandek. Muzqaymogu kugirchoqdan boshlangan shirin uy hayol katta orzuga aylanadi. Zotan orzu yarim dunyo hisoblanadi. • Shoirning "Oq terakmi ko'k terak" she'riham bog'cha yoshidagi bolalarga quvonch ulashib kelmoqda. Bir necha avlod bu she'rni o'qib yodlab, qushiq qilib aytib kamol topgan. Asarda tilga olingan Aqbar, Tulkin, Xayri, Erkinlar hozir bobo, buvi bo'lishgan.

  25. Xususan, 4-sinf “O’qish kitobi” darsligida berilgan she‘rlari , topishmoqlari o’quvchilar qalbidan o’z o’rnini topgan. Shoirning «Oq terakmi, ko’k terak” she‘ri mudom boshlang’ich sinf o’quvchilariga zo’r quvonch ulashib kelmoqda.

  26. „Ona“ she’ri • G‘afur G‘ulom bolalar vayoshlarni kattalarga, ayniqsa, ota-onaga mehr-muhabbatli qilibtarbiyalash mavzusida anchagina she’rlar yaratdi. Shulardan biri„Ona“ she’ridir. Shoir unda bag‘ri ufqlardan ham keng onaninglirik obrazini yaratadi.Shoir she’rda onaga murojaat etib, uni qoya, yuksak tog‘,chaman bog‘ hamda quyoshga qiyoslaydi va onani ulardanyuqori qo‘yadi. Darhaqiqat, dunyoda onadan ulug‘ zot yo‘q!

  27. Oldingi to’rtta kurak tishining Sog’i yo’q – hammasi chirik, darz ketgan. Ba‘zisi juda past, ba‘zisi baland, Ba‘zisi lab yular-misli tikan. Nortoji o’zi sho’x, erinchoq bola- Yuzini haftada arang yuvadi. Ko’cha ham kuylarda chang tuproq kechib, “Olapar”, “To’rtko’z”ni doim quvadi. “Nortojining kurak tishi”

  28. G‘afur G‘ulom • Shoir bolalarga yetimlik nimaligini tushuntirar ekan, uni o'zining achchiq yetimlikhayotini eslash orqali asarning ta'sir kuchIni oshirishga erishgan. G'.G'ulomning bu she'ri vatanga sodiqliq, sadoqat vatanparvarlikhamda bosqinchilarga nafrat tuygularini tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo'lgan barkamol asardir. • Urushdan keyingi tinch qurilish davrida G'.G'ulom bolalar uchun "She'rlar" (1956), "Tongotar qo'shig'i" (1959), "Bari seniki" (1953), "Mening ug'rigina bolam" (1965) asarlarini yaratdi. G'.G'ulom bu davr ijodida bolalarning o'ziga xos orzu umidlari, yuksak ma'naviy olami, odob axloqi, o'qish va intilishlarining asosiy mavzuga aylandi.

  29. G’afur G’ulomning bolalar nasriga qo'shgan hissasi

  30. G'afur G'ulom "Shum bola" qissasini salkam yigirma besh yil ishladi", - deb yozadi Said Ahmad. Shum bola” qissasi tom ma’noda avtobiografik asar bo`lib, unda urush yillaridagi og`ir ahvol, bolalarning qarovsiz qolib ketishi chiroyli tarzda tasvirlab beriladi. Bu asarning bosh qahramoni Qoravoy muallifning aksi sifatida tasvirlanadi.

  31. “Shum bola” • Adibning “Shum bola” qissasida o’zbek xalqining o’tmishdagi og’ir hayoti, xususan, o’smirlarning qarovsizligi, ularning bir parcha non deb darbadar kezishlari achinarli nasvirlansa, ba’zi obrazlarning harakatlari kulgi ostiga olinadi

  32. “Shum bola” kinofilmidan lavhalar

  33. Qissaning tarbiyaviy-estetik ahamiyati • Qissa dastlab 1936 yilda “Shum bolaning sarguzashti” nomi bilan “Mushtum” jurnalida chop etildi. Keyin “Dobdirash” deb o’zgartirdi. Har ikkala bo’lim yaxlit ko’rinishda 1938 yili “Shum bola” nomi bilan kitob holida bosilib chiqdi. Yozuvchi asarning boshidan oxirigacha latifalardan, xalq ertaklari va hikoyalaridan, askiyalarida unumli foydalandi. Shum bola dovyurak va chaqqon, u mehnatkash xalq vakili sifatida gavdalanadi. Sariboy, Azimxo’ja, Bo’riboyvachcha, Qoraxo’ja kabi salbiy obrazlarga qarama-qarshi qo’yiladi. Bu qissaning tarbiyaviy-estetik ahamiyati katta.

  34. «Mening o‘g‘rigina bolam» hikoyasi haqida • Bu voqeiy hikoya 1965 yilda yozilgan. Unda 1917 yillar voqealari aks etgan, o‘g‘rini insofga keltirgan Roqiya bibi obrazi berilgan. Hikoya «Otamizning o‘lganiga anchagina yil o‘tib ketdi. Bu yil o‘n yettinchi yilning ko‘klamida onamizdan ham ajralib, shum yetim bo‘lib qoldik...» degan gaplar bilan boshlanadi. Asarda Roqiyabibi o‘g‘riga qarata: «Tiriklik toshdan qattiq, tuyaning ko‘ziday non anqonga shapig‘ (tirikchilik og‘ir bo‘lib qolgan). Ro‘zg‘orda bo‘lsa, ko‘z ko‘rib, qo‘l tutguday arzigulik buyum qolgani yo‘q. Bir chekkadan sotib yeb turibmiz. «Turib yeganga turumtog‘ chidamas», deganlar. Zamon qattiq, o‘g‘rigina bolam, zamon qattiq!» deganda, unga javoban o‘g‘ri: «Mening ham ikki bolam, xotinim, bitta kampir onam bor, bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak, deganlaridek, shularni boqishim kerak, to‘rtta chavati non topish uchun o‘zimni o‘tga, cho‘qqa, Alining tig‘iga uraman. Zamon chappasiga ketdi. Kerinska poshsho bo‘lgandan keyin urush to‘xtaydi degan edilar. Hali-beri to‘xtaydigan ko‘rinmaydi» - deydi. • Hikoya ikki nochor odamning bir-biriga arz-holigina bo‘lib qolgan emas, balki muloqot asnosida ayon bo‘ladiki, ular o‘z taqdirlarida xalqning ahvol-ruhiyatini jamuljam etganlar. Bu hol hikoyaning ma’no salmog‘ini, jozibasini oshirgan.

  35. G‘afur G‘ulom • Xulosa qilib aytganda, akademik shoir G'.G'ulom o'zbek bolalar adabiyotini yuksaltirishga barakali hissa qo'shdi. • G'.G'ulom qilgan xizmatlari uchun O'zbekiston fanlar Akademiyasininghaqiyqiy a'zosi bo'ldi, Davlat mukofati Laureati bo'lib bir qancha ordenlar bilan taqdirlandi. • 1963 yil may oyida shoirning 60 yoshga to'lishi munosabati bilan unga "O'zbekiston xalq shoiri" degan faxriy unvon berildi.

  36. Adabiyotlar • 1. S. Jahongirov . O’zbek bolalar folklori.T.1974 • 2. O‘zbek bolalar antologiyasi. She’riyat. 1-qism. –Sharq. –T.: 2006. • 3. O‘zbek bolalar antologiyasi. Nasr. 2-qism. –Sharq. –T.: 2006. • http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_wrapper&Itemid=388 • Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. –T.: O`qituvchi, 2002.

More Related