370 likes | 1.52k Vues
O’ZB E KISTON R E SPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI «TEXNOLOGIYA» FAKULT E TI «MASHINASOZLIK T E XNOLOGIYASI» KAF E DRASI. “ Kasb ta’limi ” yo’nalishi 4-kurs 1-guruh talabasi Abdullayev Azizbek Akramjonovichning
E N D
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI«TEXNOLOGIYA» FAKULTETI«MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI» KAFEDRASI “Kasbta’limi” yo’nalishi 4-kurs 1-guruh talabasi AbdullayevAzizbekAkramjonovichning “Kasb-hunarkollejlaridarsjarayonlaridainnovatsionta’limtexnalogiyalaridansamaralifoydalanish” MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Shuniunutmaslikkerakki, kelajagimizpoydevoribilimdargohlaridayaratiladi, boshqachaaytganda, xalqimizningertangikuniqanday bo‘lishifarzandlarimizningbugunqanday ta’lim va tarbiyaolishigabog‘liq. I.A.Karimov
MUNDARIJA KIRISH I.BOB. Ta’lim tizimida innovatsionta’limtexnologiyalaridanfoydalanishningnazariy- uslubiy asoslari. II. BOB. Oltinko’l iqtisodiyot kollejida innovatsion ta’lim texnalogiyalarini dars jarayonida tashkil etilganlik xolati taxlili. III.BOB. Kasb-hunar kollejlarida innovatsion ta’lim texnalogiyalaridan foydalanishni takomillashtirish. Xulosa va takliflar.
Mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar tufayli navqiron avlodning zamonaviy bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilgan. Yurtimiz o’g’il-qizlarinibarkamol insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilayotgan bunday ezgu sa’y-harakatlar doirasida o’quvchilarni chuqurlashtirilgan tartibda va innovatsion texnologiyalar asosida bilim olishlariga alohida e’tiborqaratilmoqda.Respublikamiz Prezidenti Oliy Majlisning XIV-sessiyasida “yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni nazorat ostiga olish zarur” ligini alohida ta’kidladilar. Bugun olimlar va o‘qituvchilar ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga astoydil kirishishlari shart va ular bu ishga mas’uldirlar. Bu sohaga yaqin xorijiy davlatlarda ham e’tibor kuchaytirilmoqda. Muhimi shundaki, Prezidentimiz I.Karimov tomonidan Milliy dasturni ro‘yobga chiqarish bosqichida “o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash” muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Bugun O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatlifuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaativa ta’lim ustuvorligi qaror topdi. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash zarurati Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish shartlaridan biridir.Respublikamizdagi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tahsil olayotgan talabalarni ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bo‘yicha yangi bilimlar tizimi bilan qurollantirishni uzluksiztashkil etish davr talabidir. Hozirgi zamon sharoitida, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, o‘qitishning hozirgi zamon tizimlari va yangi pedagogik texnologiyalari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Yangi pedagogik texnologiyalarni hislati shundaki, unda qo‘yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o‘quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.
Darhaqiqat, mashg‘ulotlarning muvaffaqiyatli o‘tishining 80% i ta’lim jarayonini to‘g‘ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog‘liqdir. O‘quv jarayonlarini loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, ta’lim maqsadi, kutilayotgan natijani to‘g‘ri belgilash, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini to‘g‘ri tanlash, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashni aniq mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashg‘ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni to‘g‘ri amalga oshirish va bir-biri bilan uyg‘unlashuviga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagilardan ko’rinibturibdiki mazkur ish ayni hozirgi kundagi dolizarb masalalar qatoriga kiradi.
I. Bob. TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo‘nalish innovatsion pedagogikani keltirib chiqardi. Innovatsion - (ingliz.) - yangilikni kiritish (tarqatish) ma’nolarini anglatadi. Yangilik kiritishning ijtimoiy-psixologik aspekti Amerika innovatsiyachisi E. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining tasnifi, ularning yangilikka bo‘lgan munosabati va boshqalarni ko‘rsatgan. Ilmiy yo‘nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. • “Yangilik” - bu vosita, yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. • “Innovatsiya” - bu ta’lim; ma’lum bosqichlari bo‘yicha rivojlanadigan jarayon. Innovatsion faoliyatning subekti - o‘qituvchining shaxsiy imkoniyati hisoblanadi. Bunda pedagog shaxsining ijtimoiy, madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo‘ladi.
Pedagogning innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, amalga oshirish va tahlil qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi.
O‘zbekistondamualliflar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, erkin, ma’rifatli va demokratik davlat fuqarolari quyidagi ijtimoiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak: • Aqlli - mustaqil fikr yurita oladigan; • Odobli - millatimiz to‘plagan barcha fazilatlarga ega; • Mehnatsevar - mehnat kishining ijtimoiy ehtiyojiga aylanganligi; • Bilimli - diniy, dunyoviy va fazoviy bilimlarni ko‘p va chuqur egallab olib, ularni hayotda qo‘llay olishi; • Sog‘lom - jismoniy, ruxiy va ijtimoiy salomat; • Milliy g‘ururga ega - ajdodlarimizning moddiy va ma’naviy merosini egallab, ular bilan faxrlanuvchi va ularni boyitishga xissa qo‘shuvchi; • Vatanparvar - Vatan uchun, halq uchun fidokorona mehnat qiluvchi, ularni muhofaza qila oluvchi va zarur bo‘lsa ular uchun jonini qurbon qiluvchi; • Insonparvar - inson zotiga faqat yaxshiliklar ulovchi va ular uchun ezgu ishlar qiluvchi; • Jasur va shijoatli - har bir ishga mardona kirishib, uni shijoat bilan oxiriga etkazuvchi.
Bu o‘nta ijtimoiy sifat jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan davlat buyurtmasi bo‘lib, ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir inson ulardan umumiy metodologik asos sifatida foydalanishi kerak. Bu umumsohaviy metodologiyaning birinchi qismi hisoblanadi. Umumiy metodologiyaning ikkinchi qismini hamma o‘qituvchi (pedagog) larga yaxshi tanish bo‘lgan didaktika tamoyillari tashkil qiladi. Ularga: • -ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim oluvchi diqqatini berilayotgan bilimga qaratib, uni jarayon oxirigacha saqlab turish; • -har bir bilimni ilmiy asoslab berish; • - bilim berishda talabaning imkoniyati va yosh xususiyatidan kelib chiqish; • -bilim berishda mumkin qadar ko‘proq ko‘rgazmali vositalardan foydalanish; • - bilim berishda muntazamlilik bilan qo‘shib olib borish; • -ta’lim va tarbiya jarayonida talabalarning faolligi va ongliligini ta’minlash; • - ta’lim va tarbiyaning tizimli, izchil bo‘lishi va birligi tamoyillari kiradi.
Pedagogik texnologiya nima? Nega endi shuncha yillardan beri yarab kelgan ta’lim jarayonini eskicha tashkil etishdan voz kechishimiz kerak va o‘quv jarayonini loyixalashtirishga yangicha yondashish zarur? Bu yo‘nalishlar: • Ta’lim-tarbiya maqsad, vazifa mazmuni, tizimini islox qilish; • Ta’lim-tarbiya boshqaruvini islox qilish; • Ta’limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish; • Ota-ona, o‘qituvchi-talabaning ta’lim jarayoniga bo‘lgan yangichaqarashlarini shakllantirish; • va nixoyat, bu tub isloxotlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
II. Bob. OLTINKO’L IQTISODIYOT KOLLEJIDA INNOVATSION TA’LIM TEXNALOGIYALARINI DARS JARAYONIDA TASHKIL ETILGANLIK XOLATI TAXLILI. Kollejda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilgan xolda dars mashg’ulotlari tashkil etilgan. O’quv jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tadbiq etishda professor o’qituvchilardan informatika fani o’qituvchisi F.Ro’ziev, ma’naviyat asoslari Fani Z.Ro’zieva, fizika fani o’qituvchilari X.Orifjonov, G.Tojiboeva, rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi O’.Qodirov, ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilari Z.Ermatova, A.Abdurazzaqovalar dars o’tish shakl va usullari, turli xarakatli ish o’yinlardan foydalanish bo’yicha ijobiy natijalarga erishganlar. Jumladan, ular tomonidan berilgan ta’lim-tarbiya natijasida o’quvchilar tuman, viloyat, respublika miqiyosida o’tkazilgan turli ko’rik-tanlovlar va fan olimpiadalarida sovrindor o’rinlarni egallaganlar.
O’quv jarayonini tashkil etishda, uning metodikasiga zamonaviy ta’lim texnologiyalarni joriy qilishga aloxida e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’qituvchilar tomonidan o’zlashtirib olinishiga ko’maklashish maqsadida o’quv-metodik seminarlar tashkil etilgan. Kollejda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tadbiq etishda professor-o’qituvchilardan Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi A.Abdurazzaqova, Ona tili o’qitish metodikasi fani o’qituvchisi F.G’ofurova, Tasviriy san’at va metodikasini o’rganish fani o’qituvchisi M.Raximova, Xuquqshunoslik fani o’qituvchisi X.Solieva, "Matematika" fani o’qituvchisi M.Asqarov, Informatika fani o’qituvchisi F.Ro’zievlar dars o’tishni shakl va usullari, turli xarakatli ish o’yinlaridan foydalanish bo’yicha ijobiy natijalarga erishmoqdalar. Ular tomonidan baxs-munozara, muammoli darslar, didaktik o’yinli darslar hamda o’qitishning interfaol usullari qo’llanib kelinmoqda.
III.Bob.Kollej ta’lim tizimida ta’lim texnalogiyalaridan foydalanishni takomillashtirish. Bugungi kunda ta’lim texnologiyalarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: • An’anaviy2) Noan’anaviy 1) An’anaviy ta’lim texnologiyasi -muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘qitishning an’anaviy shakli, metodi va ta’lim vositalarining majmuidan foydalanib ta’lim-tarbiya maqsadiga erishishdir. 2) Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni markazida talaba shaxsi bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy shakli, faol o‘qitish metodlari va zamonaviy didaktik vositalarning majmuini ta’lim-tarbiya ishidan ko‘zlangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishishga yo‘naltirishdir.
Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi an’anaviy ta’lim texnologiyasidan farq qilib, talabalarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga alohida e’tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy harakterga ega bo‘ladi. Dars tuzilmasi o‘zgaruvchan bo‘ladi. Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi o‘z navbatida uchga bo‘linadi: Hamkorlikda o‘rganish Modellashtirish Tadqiqot (Loyiha)
Hamkorlikda o‘rganish -talabalarning bilimini o‘zlashtirish, singdirish, musta’kamlash bo‘yicha reproduktiv faoliyatini ta’minlovchi, mahorat va malakani ketma-ketlik bo‘yicha talabaning bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan o‘qitish va bilim olishdir. U talabalarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutadigan metodlardan iborat. Bularga kitob bilan ishlash, o‘quv suhbati, davra suhbati, aqliy xujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara kabi metodlarni kiritish mumkin. Modellashtirish- real hayotda va jamiyatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini auditoriyada yaratish va ularda talabalarning shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutadi. Uning asosiy maqsadi talabalarning faqat tinglashi emas, balki bilimlarni o‘zlashtirishda bevosita ishtirokini ta’minlash orqali ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bularga ishbop o‘yinlar va rolli o‘yinlar kabi metodlarni kiritish mumkin.
Tadqiqot- talabalar tomonidan muammoni tushunish va echish, mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar yig‘indisidan iboratdir. Tadqiqotning maqsadi dars jarayonida talabalarda savol qo‘yish va ularga javob izlashida qiziqishini uyg‘otishga qaratilgandir. Unda o‘qitish talabalarni amaliy izlanish jarayonida bevosita qatnashishini ta’minlaydi. Bularga muammoli vaziyat, loyihalash metodi, mustaqil izlanish, yo‘naltiruvchi matn kabi metodlar kiradi. Quyida ta’lim texnologiyalari bo‘yicha metodlar tizimiga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Тalabalarning o‘zlashtirish darajasiga o‘qitish metodlarining ta’sir darajasi: • Ma’ruza–eshitganimizning - 5%. • O‘qish -o‘qiganimizning -10%. • Videousul, namoyish-ko‘rganimizning -20%. • Tajribani namoyish qilish - ko‘rgan va eshitganimizning -30%. • Bahs-munozara-muhokama qilganimizning - 40%. • Mashqlar-o‘qigan, yozgan, gapirganimizning -50%. • Ishbop o‘yin, kichikguruhlarda ishlash, loyihalash- mustaqil o‘qi ganimizning,tahlilvamuhokama qilganimizning, himoyava namoyish qilganimizning-75%. • Yo‘naltiruvchi matn, muammoli vaziyat, boshqalarni o‘qitish mustaqil o‘rganganimizning, tahlil va muhokama qilganimizning, boshqalarni o‘qitgan narsalarimizning -90%.
% 90 80 70 60 50 40 30 20 10 0 Axborotni eslab qolish ko’rsatkichlari • 1 2 3 4 5 6 7 8 • ( m e t o d l a r )
O’quvchilarga mavzu bo’yicha ma’ruza tarzida tushuncha beriladi. Jadvallar bilan tanishtiriladi va 3 guruxga bo’linadi. Jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib, quyidagi savollarga javob tayyorlash topshiriladi;( Aqilga xujum texnalogiyasidan foydalaniladi.) • 1guruxga:Rivojlangan bilan Rivojlanayotgan davlatlarining ko’rsatkichlarini taqqoslash. • - bu davlatlarning o’rtasidagi ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishdagi bunday katta farqni paydo bo’lishiga nima sabab bulgan? • - bufarqniqandayqilibkamaytirishimkoniyatlaribor? • 2 guruxga: Dunyobo’yichayaratilayotganmaxsulotningbundaynotekistaqsimlanishsabablarinimadaekanliginiizoxlash. • 3 guruxga: Mamlakatimizaxolisiningturmushdarajasiqaydarajadaekanliginianiqlashtopshiriladi.
Guruxlarga tayyorlanish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi. So’ng bir guruxdan bir o’quvchi chiqib, 3 daqiqa davomida gurux tomonidan tayyorlangan javobni tushuntirib beradi. • Javoblar tahlil qilinadi. • Shundan so’ng xulosa qilinadi.( maqsadi) Uyga vazifa • Dunyoda axoli turmush darajasi kursatkichlari bo’yicha birinchi o’rinda Kanada, ikkinchi o’rinda Frantsiya, uchinchi urinda Narvegiya sung AKSH, Islandiya, Fillandiya, Niderlandiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Shvetsiya bormoqda edi .Xozir qay xolatda?
XULOSA VA TAKLIFLAR Bugungi kunda, ilmiy texni taraqqiyot xar sohada shuningdek, ta’lim-tarbiya soxasiga ham yangi-yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Shu sababli “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o’quv tarbiyaviy jarayonlarni ilg’or pedagogic texnalogiyalar bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlanadi. Maqsadlarni amalga oshirish uchun ta’limning yangi-yangi modellari yaratilmoqda. Bitiruv malakaviy ishni yozish jarayonida ham bugungi texnika rivojlanib borayotgan davrda o’quvchilarni zamon talablariga mos, har tomonlama yetuk bilimli, zukko, qobiliyatli qilib tarbiyalash eng dolzarb vazifalardan biri ekanligini ko’rib o’tildi.
Innovatsion ta’lim texnalogiyalarini foydali tomonlari talabalarning bilim faoliyatini rivojlantirish bo’lib, talabalarning o’quv ishlarini faollashtirish va kasbiy ixtisoslashuvining faollashuviga olib keladi. Yuqoridagi treninglar (texnalogiyalar)dan ko’rinib turibdiki bu texnalogiyalar talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravijda adabiyotlardan foydalanishni o’rgatishga qaratilgan. O’quv jarayonini tashkil qilishda birinchi navbatda yuqorida aytib o’tgan 10ta ijtimoiy sifatdan xar-bir ta’lim soxasida faoliyat ko’rsatayotgan inson umumiy metodologik asos sifatida foydalanishi kerak. Pedagogik jarayonida amal qilinishi shart bo‘lgan uch turdagi metodologik asosini ko‘rib chiqdik. O‘quv jarayoni bilan qo‘llanuvchi har bir o‘qituvchi (pedagog), tarbiyachi va boshqalar ushbu uch metodologik asosning hammasiga birday amal qilishi shart. Faqat shundagina ular kutilgan natijaga erishishi mumkin..
Bugungi kunda ta’lim muassasasida iqtisodiy yo’nalishda o’qitiladigan barcha fanlarni yangi pedagogik texnalogiyalar asosida, nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog’lash hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda o’qitishning innovatsion ta’lim texnalogiyalaridan keng foydalanish hayotiy zaruratligini nazarda tutgan xolda kollej ta’limiga quyidagilarni taklif qilishimiz mumkin: -ta’lim muassasasi moddiy texnik bazasini takomillashtirish; -o’tiladigan fanlardan darslik, o’quv qo’llanmalarning ta’minotini rivojlantirish; -axborot texnalogiyalaridan foydalanishni takomillashtirish; -nazariy va amaliy o’qitish jarayonida pedagogik texnalogiyalarning turli ko’rinishlarini yaratish; -mavzuga taalluqli bo’lgan tarqatma materiallarning zamonaviy, xilma-xil bo’lishligi; -dars jarayonida zamonaviy texnik vositalardan samarali foydalanishni tashkil etish va x.k.